Maysara Sovchilik
Ommaviy Oferta (Oferta)
2025 y. 07 yanvar
1. Kirish
Mazkur Oferta Maysara Sovchilik tizimi va mobil ilovasi orqali taqdim
etiladigan onlayn sovchilik xizmatidan foydalanish shartlarini
belgilab beradi. Keyingi o‘rinlarda Xizmat, deb ataladi.
2. Ta'riflar
• Xizmat: Ilova, ilova orqali taqdim etiladigan onlayn sovchilik
xizmati.
• Foydalanuvchi: Ilovaga kirib, uning Xizmatlaridan
foydalanuvchi jismoniy shaxs.
• Akkaunt: Ilovada roʻyxatdan oʻtish vaqtida Foydalanuvchi
tomonidan yaratilgan va unga kirish, muloqot qilish va
ma'lumotlarini o’zgartirish uchun imkon beradigan shaxsiy
kabinet.
• Ma'lumotlar: Foydalanuvchi tomonidan Ilovaga kiritiladigan
shaxsiy ma'lumotlar, shu jumladan fotosurat, audio, video,
grafika, profil ma'lumotlari, aloqa ma’lumotlari va boshqa
ma'lumot hamda kontent turlari.
3. Ofertaga rozilik bildirish
Ilovaga kirish yoki uning Xizmatlaridan foydalanish bilan
Foydalanuvchi Ofertaga toʻliq rozilik bildirganini tasdiqlaydi. Agar
Foydalanuvchi Oferta shartlariga rozi boʻlmasa, unda Ilovaga kirish
yoki Xizmatlardan foydalanishdan voz kechishi kerak.
14. Foydalanuvchi nomi va parol
Foydalanuvchi oʻz Akkauntiga kirish uchun ma'lumotlarini
(foydalanuvchi nomi va parol; pin-kod) maxfiy saqlashni oʻz
zimmasiga oladi. Foydalanuvchi oʻz Akkauntiga kirish uchun
ma'lumotlaridan notoʻgʻri foydalanilgani yoki uchinchi shaxslarga
ma'lum qilgani uchun javobgardir.
5. Ilova ma'lumotlari
Foydalanuvchi Ilovada taqdim etiladigan Kontentdan
foydalanishda ehtiyotkorlik bilan yondashishi lozim va lobud va
boshqa Foydalanuvchilar hamda Xizmat huquqlarini buzmasligi
kerak.
6. Huquqlar va majburiyatlar
6.1. Xizmatning huquqlari va majburiyatlari:
• Xizmatni taqdim etish;
• Foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini maxfiy saqlash;
• Ilovada noqonuniy ma'lumotlarning tarqalishini oldini olish;
• Xizmatda muammolar boʻlgan taqdirda, ularni bartaraf etish
uchun zarur choralarni koʻrish.
• Xizmat sifatini ta’minlash, Foydalanuvchilar xavfsizligi va
muloqot sifatini yaxshilash maqsadida Foydalanuvchilar
o‘rtasidagi muloqot va yozishmalar tizim xodimlari tomonidan
o‘qilishi mumkin.
6.2. Foydalanuvchilarning huquqlari va majburiyatlari:
• Xizmatdan foydalanish;
• Ilovada oʻz profilini yaratish;
2• Kontent joylashtirish;
• Tizimdan foydalanish uchun Xizmatdan ma'lumot olish.
7. Javobgarlik
Xizmat Foydalanuvchilar tomonidan Ilovada taqdim etiladigan
Ma’lumot uchun javobgar emas.
Ilova Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumoti boʻlgan aloqa
ma’lumotlarini (telefon raqami, el. pochta manzili, yashash manzili,
Telegram profili va boshqa turdagi aloqani ta’minlaydigan
ma’lumotni) boshqa Foydalanuvchilar yoki har qanday uchinchi
shaxslarga bermaydi va tarqatmaydi. Foydalanuvchi oʻzining
xohishi bilan ushbu ma’lumotlarni boshqa Foydalanuvchilarga
taqdim etishi mumkin va buning uchun faqat oʻzi javobgar.
8. Faoliyatni toʻxtatish
Xizmat faoliyatni har qanday vaqtda toʻxtatish huquqiga ega.
Xizmat Foydalanuvchilarni faoliyatni toʻxtatish haqida xabardor
qilishga harakat qiladi, ammo bu borada kafolat bermaydi.
9. Ofertani oʻzgartirish
Xizmat Ofertani oʻzgartirish huquqiga ega. Ofertaning yangi tahriri
Ilovada e'lon qilinadi va Foydalanuvchilar Ilovaga kirish yoki uning
Xizmatlaridan foydalanish bilan Ofertaning ushbu yangi tahririga
toʻliq rozilik bildirganini tasdiqlaydi.
310. Nizolarni hal qilish
Oferta shartlaridan kelib chiqadigan barcha nizolar Oʻzbekiston
qonunchiligiga muvofiq hal etiladi.
11. Aloqa
Ilovadagi Xizmat bilan bogʻliq barcha savollarni
sovchilik.uz@gmail.com elektron pochta manziliga yoʻllash
mumkin.
4
Comments
Post a Comment