Finwin Mobile

 Ommaviy Oferta (Oferta)

2025 y. 07 yanvar

1. Kirish

Mazkur Oferta FInwin tizimi va mobil ilovasi orqali taqdim

etiladigan onlayn sovchilik xizmatidan foydalanish shartlarini

belgilab beradi. Keyingi o‘rinlarda Xizmat, deb ataladi.

2. Ta'riflar

 Xizmat: Ilova, ilova orqali taqdim etiladigan onlayn sovchilik

xizmati.

 Foydalanuvchi: Ilovaga kirib, uning Xizmatlaridan

foydalanuvchi jismoniy shaxs.

 Akkaunt: Ilovada roʻyxatdan oʻtish vaqtida Foydalanuvchi

tomonidan yaratilgan va unga kirish, muloqot qilish va

ma'lumotlarini o’zgartirish uchun imkon beradigan shaxsiy

kabinet.

 Ma'lumotlar: Foydalanuvchi tomonidan Ilovaga kiritiladigan

shaxsiy ma'lumotlar, shu jumladan fotosurat, audio, video,

grafika, profil ma'lumotlari, aloqa ma’lumotlari va boshqa

ma'lumot hamda kontent turlari.

3. Ofertaga rozilik bildirish

Ilovaga kirish yoki uning Xizmatlaridan foydalanish bilan

Foydalanuvchi Ofertaga toʻliq rozilik bildirganini tasdiqlaydi. Agar

Foydalanuvchi Oferta shartlariga rozi boʻlmasa, unda Ilovaga kirish

yoki Xizmatlardan foydalanishdan voz kechishi kerak.

14. Foydalanuvchi nomi va parol

Foydalanuvchi oʻz Akkauntiga kirish uchun ma'lumotlarini

(foydalanuvchi nomi va parol; pin-kod) maxfiy saqlashni oʻz

zimmasiga oladi. Foydalanuvchi oʻz Akkauntiga kirish uchun

ma'lumotlaridan notoʻgʻri foydalanilgani yoki uchinchi shaxslarga

ma'lum qilgani uchun javobgardir.

5. Ilova ma'lumotlari

Foydalanuvchi Ilovada taqdim etiladigan Kontentdan

foydalanishda ehtiyotkorlik bilan yondashishi lozim va lobud va

boshqa Foydalanuvchilar hamda Xizmat huquqlarini buzmasligi

kerak.

6. Huquqlar va majburiyatlar

6.1. Xizmatning huquqlari va majburiyatlari:

 Xizmatni taqdim etish;

 Foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini maxfiy saqlash;

 Ilovada noqonuniy ma'lumotlarning tarqalishini oldini olish;

 Xizmatda muammolar boʻlgan taqdirda, ularni bartaraf etish

uchun zarur choralarni koʻrish.

 Xizmat sifatini ta’minlash, Foydalanuvchilar xavfsizligi va

muloqot sifatini yaxshilash maqsadida Foydalanuvchilar

o‘rtasidagi muloqot va yozishmalar tizim xodimlari tomonidan

o‘qilishi mumkin.

6.2. Foydalanuvchilarning huquqlari va majburiyatlari:

 Xizmatdan foydalanish;

 Ilovada oʻz profilini yaratish;

2 Kontent joylashtirish;

 Tizimdan foydalanish uchun Xizmatdan ma'lumot olish.

7. Javobgarlik

Xizmat Foydalanuvchilar tomonidan Ilovada taqdim etiladigan

Ma’lumot uchun javobgar emas.

Ilova Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumoti boʻlgan aloqa

ma’lumotlarini (telefon raqami, el. pochta manzili, yashash manzili,

Telegram profili va boshqa turdagi aloqani ta’minlaydigan

ma’lumotni) boshqa Foydalanuvchilar yoki har qanday uchinchi

shaxslarga bermaydi va tarqatmaydi. Foydalanuvchi oʻzining

xohishi bilan ushbu ma’lumotlarni boshqa Foydalanuvchilarga

taqdim etishi mumkin va buning uchun faqat oʻzi javobgar.

8. Faoliyatni toʻxtatish

Xizmat faoliyatni har qanday vaqtda toʻxtatish huquqiga ega.

Xizmat Foydalanuvchilarni faoliyatni toʻxtatish haqida xabardor

qilishga harakat qiladi, ammo bu borada kafolat bermaydi.

9. Ofertani oʻzgartirish

Xizmat Ofertani oʻzgartirish huquqiga ega. Ofertaning yangi tahriri

Ilovada e'lon qilinadi va Foydalanuvchilar Ilovaga kirish yoki uning

Xizmatlaridan foydalanish bilan Ofertaning ushbu yangi tahririga

toʻliq rozilik bildirganini tasdiqlaydi.

310. Nizolarni hal qilish

Oferta shartlaridan kelib chiqadigan barcha nizolar Oʻzbekiston

qonunchiligiga muvofiq hal etiladi.

11. Aloqa

Ilovadagi Xizmat bilan bogʻliq barcha savollarni

sovchilik.uz@gmail.com elektron pochta manziliga yoʻllash

mumkin.

4

Comments

Popular posts from this blog

Maysara Sovchilik